Zidanga kerak bo‘lmagan futbolchi "Real"dan ketadi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao jamoadan ketishga juda yaqin turibdi.
Sportsmole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Shu bois u jamoadan ketadi.
Avvalroq, Militaoga “Tottenxem”dan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Edernig madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar