Zidanning shogirdi “Manchester Yunayted”ga o‘tadi
“Real”ning asosiy tarkibiga kiritilmagan iste’dodli himoyachi Serxio Regilon jamoani kuchaytirishga qaror qilgan Sulsherdan “Manchester Yunayted”ga taklif oldi.
Manchesterliklar o‘tgan mavsumda “Sevilya” tarkibida o‘ynagan futbolchiga transfer so‘rovini yuborgan.
Madridliklar bu futbolchini 25-30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq “Real” bu futbolchini qayta sotib olish huquqni saqlab qolishni istamoqda. 23 yoshli himoyachiga “Yuventus”, “Tottenxem” va “Napoli”dan ham taklif bor.

Fikrlar