Zinchenko safga qaytdi

  • 19.04.2019 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli ukrainalik futbolchi allaqachon umumiy guruhda shug‘ullanishni boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Zinchenko aprel oyi boshida sonidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!