Zinedin Zidanning yangi ish joyi ma’lum

  • 19 yanvar, 2022, 22:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" sobiq murabbiyi Zinedin Zidan yozda PSJda ish boshlaydi, deya yozmoqda Ispaniyaning "Marca" nashri.

Tecno

Manbaning xabar berishicha, parijliklar 49 yoshli frantsuz uchun rasmiy taklif yuborgan va yangi mavsum oldidan jamoni qabul qilib olishiga ishonishmoqda. Zidan avvalroq Parij klubiga kelishi mumkin edi, biroq rahbariyat Pochettinoni mavsum so‘nggiga qadar olib qolishga qaror qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik mutaxassis 2021 yil may oyida "qirollik klubi"ni tark etgan. Ayni damda murabbiy ishsiz. 

Ma’lumot uchun, PSJ Liga 1 chempionatida 21-turdan keyin 50 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Nitstsa" hisobida 39 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!