Zo‘r futbolchi ko‘p bo‘lsa ham muammo ekan

  • 4 mart, 2023, 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter jamoani kutilgan darajada boshqara olmayotganining sababini ochiqladi.

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha,  angliyalik murabbiyga tarkibga yuqori saviyali o‘yinchilarning ko‘pligi Grem Potterga ish yuritishida xalaqit berayotgan ekan.

Qishki transferlar vaqtijda “aristokratlar” 330 million evro sarflab, bir necha yangi ijrochilarni transfer qildi. Hozir asosiy tarkibda 31 nafar o‘yinchi bor. Bu mashg‘ulotlar jarayonini to‘g‘ri va sifatl tashkil qilishga imkon bermayapti.

Masalan, bosh murabbiy shogirdlarining imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish uchun ikki tomonlama sinov-nazorat uchrashuviga jami 22 nafar futbolchini jalb qilgan taqdirda, qolganlari boshqa mashqlarni bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Potter bu masalani rahbariyat bilan muhokama qildi. Endi yozda murabbiylar jamoani tozalab, o‘zlariga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilarni transferga qo‘yadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!