
Messi endi “Inter Mayami”ga yordam bera olmaydi
“Inter Mayami” jamoasi safga Lionel Messini qo‘shib olganidan keyin faqat ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan edi.
Endi argentinalik yulduz ma’lum muddat yangi jamoasiga yordam bera olmaydi.
Messi 2026 yilgi jag‘on chempionatining saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda qatnashish uchun Argentina terma jamoasiga chaqirtirildi.
Argentinaliklar birinchi uchrashuvni 8 sentbyar kuni Ekvador futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. 12 sentyabrda esa, amaldagi jahon chempionlari Boliviya vakillari bilan bellashadi.
Lionel Messi “Inter Mayami”ning 4 sentyabr kuni “Los-Anjeles”ga qarshi o‘yinga tushmasligi mumkin. 10 sentyabrda “Sporting” bilan bo‘ladigan bahsni aniq o‘tkazib yuboradi.
36 yoshli futbolchi “Inter Mayami” safiga 17 sentyabrga belgilangan “Atalanta Yunayted” bilan bo‘ladigan bahsigacha etib kelishi kerak.
Fikrlar