Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi start oldi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chirchiq shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomli sport majmuasida yozgi biatlon bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi start oldi.

100ga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurashayotgan chidamlilik, chaqqonlik, jismoniy etuklik bilan birga merganlikni ham talab etuvchi musobaqada dastlab o‘g‘il bolalar sprint bosqichi etakchiligi uchun startga chiqishdi. Natijalarga ko‘ra, farg‘onalik Muzaffar Mamasoliev birinchi, surxondaryolik Vitaliy Slastyon ikkinchi, samarqandlik Bunyod Muxiddinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi sprintda marraga samarqandlik sportchilar – Madina Sagatova hamda Sevara Chorievalar etib kelishdi. Uchinchi o‘rin poytaxt viloyati vakilasi Zuhra Halimovaga nasib etdi.

Bugun ta’qib poygalari bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!