«El-Klasiko» o‘zaro uchrashuvlar tarixi

  • 2 dekabr, 2016, 10:21
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga futbol ishqibozlarining bor diqqat e’tibori Kataloniyadagi «Kamp Nou» stadioniga qaratiladi. Nafaqat Ispaniyaning balki jahonning 2 ta grand jamoasi «Barselona» va «Real» klublari o‘zaro to‘qnash keladilar.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi chermpionat, kubok, superkubok, Evrokuboklardagi uchrashuvlar tarixi, «Santyago Bernabeu» va «Nou Kamp»dagi oxirgi bellashuvlar, eng yirik hisoblar... Xullas ikkala jamoaga tegishli qiziqarli ma’lumotlarni o‘qishingiz mumkin.

Ispaniya chempionatida: 17
2 o‘yin
«Real»: 72 g‘alaba
«Barselona»: 6
8 g‘alaba
Durang: 32 ta
To‘plar nisbati: 2
80-273 «Real»foydasiga
Mazkur jamoalar Ispaniya chempionatida 17
2 marta o‘zaro raqib sifatida maydonga tushishgan. Ana shu o‘yinlarning 72 tasi «Qirollik klubi»ning g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, «Barsa»da g‘alabalar soni 68 tani tashkil qilmoqda. Jamoalar 32 ta bellshuvda murosa ko‘chasini tanlashga majbur bo‘lishgan. Madridliklar 280 ta, Kataloniyaliklar esa 273 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ispaniya kubogida: 34 o‘yin
«Real» 12 g‘alaba
«Barselona»: 15 g‘alaba
Durang; 7 ta
To‘plar nisbati: 66-65 «Barselona» foydasiga
Chempionat o‘yinlarida ustunlik «Real» tarafida bo‘lsa, Ispaniya kubogida «Barselona» ustunlik qilmoqda. O‘tkazilgan 34 ta uchrashuvda «Barsa» 15 ta g‘alabani rasmiylashtirgan. «Real» futbolchilari esa 12 marta g‘alaba nashidasini surishgan. Shuningdek 7 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati esa 66-65. Kataloniyaliklar foydasiga.

Ispaniya Liga kubogida: 6 o‘yin
«Real»: 0 g‘alaba
«Barselona»: 2 g‘alaba
Durang: 4 ta
To‘plar nisbati: 13-8 «Barselona»foydasiga
Ispaniyada Angliyada bo‘lgani singari Liga kubogi turniri ham o‘tkazilgan. Faqat qisqa muddat. Qizig‘i liga kubogida «Real» «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan. 6 ta uchrashuvning 2 tasi Kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, 4 tasi durang bilan o‘z yakuniga etgan.

Ispaniya superkubogida: 12 o‘yin
«Real»: 6 g‘alaba
«Barselona»: 4 g‘alaba
Durang: 2 ta
To‘plar nisbati: 25-17 «Real» foydasiga
Ispaniya superkubogida so‘nggi yillarda «El-klasiko»ni ko‘p kuzatmoqdamiz. Tomonlar 12 marta superkubokda o‘zaro raqib bo‘lishgan. «Real» 6 marta, «Barsa» 4 marta g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirgan bo‘lsa, 2 ta uchrashuv murosa bilan tugagan. To‘plar nisbati bo‘yicha esa «Real» biroz oldinga chiqib ketgan 25-17.

Chempionlar ligasida: 8 ta
«Real»: 3 g‘alaba
«Barselona»: 2 g‘alaba
Durang: 3 ta
To‘plar nisbati: 13-10 «Real»foydasiga
Chempionlar ligasida muxlislar 8 marta «El-klasiko»ga guvoh bo‘lishgan. So‘nggi marta jamoalar 2012 yilda ½ finalda ro‘baro kelishgan edi. O‘shanda «Barselona» 2 o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l olgandi. Biroq, o‘zaro o‘yinlarda baribir «Real» 1 ta ko‘p g‘alaba qozonib oldinda bormoqda.

Umumiy: 232 o‘yin
«Real»: 93 g‘alaba
«Barselona»: 91 g‘alaba
Durang: 48 ta
To‘plar nisbati: 391-379 «Real»foydasiga
«Real» va «Barselona» azaliy raqiblar ekanligiga shubha qilsangiz, ushbu jamoalar o‘zaro 232 marta to‘qnash kelganliklarini bilganingizdan so‘ng bu shubhangiz tezda tarqalib ketishi aniq. «Real» 93 marta, «Barsa» esa 91 marta «klasiko»ni o‘z foydalariga hal qilishgan. Ko‘rib turganinggizdek, oradagi farq katta emas. To‘plar nisbatidagi farq +12 «Real» foydasiga.

Jamoalarning chempionat o‘yinlaridagi turli xil natijalariga nazar solib o‘tsak.

«Santyago Bernabeu»dagi oxirgi 5 ta uchrashuv: 0:4, 3-1, 3-4, 2-1, 1-3
«Bernabeu»dagi so‘nggi uchrashuvda «galaktikos»
0:4 hisobida Imkoniyatni boy bergan. Umuman olganda «Real» chempionatda o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi 5 ta «El-klasiko»ning faqatgina 2 tasida yutuqqa erishgan.

«Kamp Nou»dagi oxirgi 5 ta uchrashuv: 1:2
, 2-1, 2-1, 2-2, 1-2
«Kamp Nou»dagi so‘nggi bellashuv mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakun topgan. 2013 yilgi mavsumda Messi va Ronaldu 2 tadan to‘p kiritishib, bahsni durang bilan tugashini ta’minlashgan bo‘lsa, 2012-yilgi mavsumda Mourino boshchiligidagi «Real» Kataloniyada chempionlik masalasini hal qilib qaytgan edi.

Ispaniya chempionatidagi yirik g‘alabalar:
03.02.1985 «Real» - «Barselona» 8-2
18.09.1949 «Real» - «Barselona» 6-1
25.10.1953 «Real» - «Barselona» 5-0
07.01.1995 «Real» - «Barselona» 5-0
«Real» chempionatda «Barsa»ni 4 marta 5 ta va undan ortiq to‘p farqi bilan taslim qilgan. Ikkala jamoa o‘rtasidagi eng yirik hisob esa 1985
yilda qayd etilgan. O‘shanda «Real» «Barselona»ni 8:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Shuningdek «Blankos» futbolchilari 1 marta 6:1, 2 marta 5:0 hisobida azaliy raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishgan.

24.09.1950 «Barselona» - «Real» 7-2
25.03.1945 «Barselona» - «Real» 5-0
24.09.1974 «Real» - «Barselona» 0-5
21.04.1985 «Barselona» - «Real» 5-0
09.01.1994 «Barselona» - «Real» 5-0
29.11.2010 «Barselona» - «Real» 5-0
«Barselona» «Real» ustidan naq 5 marta 5:0 hisobida ustun kelgan. Boz ustiga ulardan 1 tasi 1974
yilda safarda qayd etilgan. 1950 yili «Barsa» «Real»ni 7:2 hisobida mag‘lub qilgan.

Jangovor durnag:
10.01.1943 «Barselona»- «Real»5-5

1943 yilda jamoalar futbol maydonida «xokkey» o‘ynashgan. O‘shanda ikkala jamoa vakillari ham 5 martadan darvozalarga to‘p kiritib, jangovor durang natijaga erishishgan.

Dramatik uchrashuv:
04.02.1960 «Barselona» - «Real»3-5

1960-yilda Evropaning eng gegemon 2 ta jamoasi «Kamp Nou»da uchrashishadi. O‘shanda «Real» 5:3 hisobida zafar quchib «Oltin davr»ini boshlagan edi.

Qayd etilgan hisoblar:
2:1 – 3
2 marta
1:0 – 21 marta
2:0 – 19 marta
1:1 – 15 marta
3:0 – 14 marta
3:1 – 13 marta
3:2 – 11 marta
0:0 – 8 marta
5:0 – 7 marta
2:2 – 6 marta
4:0 –
5 marta
4:1 – 4 marta
5:1 – 4 marta
4:2 – 3 marta
3:3 – 2 marta
4:3 – 2 marta
6:1 – 1 marta
6:2 – 1 marta
7:2 – 1 marta
5:3 – 1 marta
5:5 – 1 marta
8:2 – 1 marta
Ispaniya chempionatidagi 17
2 uchrashuvda 22 xil hisob qayd etilgan. Ular orasida eng ommaboplari 2:1 va 1:0 hisoblaridagi minimal g‘alabalardir. 5:0 hisobi 7 marta qayd etilgani diqqatga sazovor natijadir. Shuningdek 6:1, 6:2, 5:5, 8:2 hisoblari ham ro‘y bergan.

Yirik hisoblar bo‘yicha: «Real» - «Barselona» 21-1
7
«El-klasiko»da jamoalarning kuchlari teng bo‘lsa ham, ba’zida ularning biri yirik hisobda g‘alabani tantana qilib turishadi. «Real» 21 marta, «Barselona» esa 17 bora «Klasiko»ni yirik g‘alaba bilan yakunlagan. Bugungi bellashuvda qaysidir jamoaning yirik g‘alabasini tahmin qilish qiyin. Biroq, ularning bittasiningn o‘yini ochilib qolsa, balki yana bir bor tabloda yirik hisob qayd etilsa ajab emas.

Furqat
Yusupov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!