
Sports.uz talqiniga ko‘ra, 2020 yilning "Top-10! o‘zbek bokschilari reytingi
2020 yilda professional boksda o‘z faoliyatlarini olib borayotgan bir qator bokschilarimiz chempionlik va yuqori reyting janglarida ringga ko‘tarildilar. Joriy yilda O‘zbekiston tarixida ilk bora Murodjon Ahmadaliev 8-jangidayoq ikki yo‘nalish chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, Isroil Madrimov kam sonli jang bilan chempionlik uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shu va boshqa bokschilarimiz natijalaridan kelib chiqib, Sports.uz sayti talqinida "Top-10" reytingini tuzishga qaror qildik.
Quyida ushbu reyting bilan tanishing:
1. Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6KO)
*WBA va IBF chempioni. *The Ring 2.
2. Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO)
*IBF 1 (ushbu yo‘nalishida chempionlik kamari uchun majburiy davogar), *WBC 8, *WBO 13, *The Ring 8.
3. Isroil Madrimov (6-0, 5 KO)
*WBA 1 (chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar.)
5. Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO)
*IBF 4, *WBA 7, *WBO 13, *The Ring 10.
5. Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO)
*WBA 6 ( WBA International chempion)
6. Bektemir Meliqo‘ziev (6-0 5 KO)
*WBA 14 ( WBA Continental Americas chempion), *WBO 16 reytingga kirish pozitsiyasida ( WBO Inter-Continental chempion)
- Navbatdagi jang 30 yanvar Sergey Kovalyovga qarshi.
7. Azizbek Abdug‘ofurov (13-0 5 KO)
*WBC 6 ( WBC chempionlik kamari egasi)
8. Olimjon Nazarov (22-5 14 KO)
* WBO 5 (WBO Oriental mintaqaviy kamari egasi)
9.Rustam To‘laganov (3-0 1 KO)
*WBA 14.
10. Fazliddin G‘oibnazarov (9-1, 5 KO)
Ushbu reyting faqatgina sayt nuqtai nazaridan tuzildi va aynan to‘g‘ri deya da’vo qilinmaydi.
Inobatga olingan faktorlar: reyting, kamar, janglar statusi, haqiqiy boks ommasiga taniqlilik darajasi, tomoshaboplik...
Fikrlar