Maksim Shatskix: O‘yinni o‘zgartira olmadik
O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 2:1 hisobida zafar quchib, ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng "sherlar" ustozi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
- "Barchaga xayrli kech. Kecha tomoshabop o‘yin bo‘lishini ta’kidlagan edim. Muxlislar uchta gol ko‘rishdi. "Nasaf"ni Superkubok bilan tabriklayman. Biz birinchi bo‘limda 30 daqiqa futbol o‘ynadik. Keyin to‘p nazorati va tashabbusni yo‘qotdik. Ikkinchi taymda o‘yinni o‘zgartira olmadik".
Fikrlar
Келишилган ўйинми, бошқами, Бердиев жамоасини ғалабаси эвазига жойида қолиш имкони ошди.