
Jahon chempionati: Shunqor va Shohruz finaldan quruq qoldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim finalga chiqqan Shunqor Abdurasulov amerikalik Mayk Kastro bilan kuch sinashdi.
56 kilogramm vazn toifasidagi janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan Shunqor Abdurasulovdan yarim finalda omad yuz o‘girdi. Amerikalik Mayk Kastro bilan bellashgan hamyurtimiz harchand urunmasin raqibiga etarli qarshilik ko‘rsatolmadi va 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Jahon chempionati davomida ajoyib jang usuli bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan Shohruz Rahimov ham finaldan quruq qoldi.
91 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz final yo‘llanmasi uchun raqobatda mezbonlar vakili Vladimir Uzunyanga imkoniyatni boy berdi.
Har ikki bokschimiz bronza medal bilan taqdirlanadi.
Yaqin soatlar ichida yana ikki bokschimiz - chempionatni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan Otabek Xolmatov (52 kg) yaponiyalik Xayato Tsutsumi bilan kuch sinashsa, Bilolbek Mirzarahimov (60 kg) turkiyalik Najot Ekinchini sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar