AQShlik jangchi Josh Barnett MMA olamining qaysi vakiliga ta’zim qilishini aytdi

CHERY AUTO

MMA fahriysi Josh Barnett, agar “Bellator” tomonidan rasman shunday taklif bo‘lsa, Fyodor Emelyanenko bilan jangga rozi bo‘ladi.

"Men Fyodor bilan jang o‘tkazganimdan juda xursand bo‘lardim, chunki u afsonadir. U mening do‘stim, shuning uchun u bilan kurashish istagim g‘alati tuyulishi mumkin. Chunki do‘stlar urishmaydi. Ammo, men uni shunchalik hurmat qilamanki, uning oldida ringda turish ajoyib bo‘lardi. Fyodorning faoliyatidagi ulkan voqealarga guvoh bo‘lganman. Men uning nimaga qodirligini bilaman. Avvalroq, bizda jang o‘tkazish uchun haqiqiy imkoniyat yo‘q edi. Umid qilamanki, bunday imkoniyat haqiqatga aylanadi. U bilan jang o‘tkazish shaxsiy xohishim. Men unga ta’zim qilaman”,- dedi Barnett Dublindagi “Bellator”  turnirida OAV bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!