JCh-2026: "A" guruhi jamoalar tarixi va to‘qnashuvlari
Futbol bo‘yicha nufuzli turnirlarida biri bo‘lgan Jahon chempionati boshlanishiga ham oz kunlar qoldi. Keling mundial startidan oldin "A" guruhidan joy olgan jamoalarning mundiallardagi tarixiga nazar tashlaymiz. Mazkur guruhda haqiqiy «faxriylar» va uzoq kutilgan qaytishlar bor.
Meksika (18 ta ishtirok)
Meksikaliklar KONKAKAF mintaqasida mundial ishtiroki bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1970 va 1986 yillarda — ikkalasi ham o‘z maydonida).
Statistika: So‘nggi yillarda jamoa muntazam ravishda guruh bosqichidan chiqishni uddalamoqda (faqat 2022 yil bundan mustasno).

Janubiy Koreya (12 ta ishtirok)
Osiyo futboli bayroqdori 1986 yildan buyon birorta ham Jahon chempionatini o‘tkazib yubormasdan, ketma-ket 11-bor turnirga tashrif buyurmoqda.
Eng yaxshi natijasi: 4-o‘rin (2002 yildgi uy mundialida).
Holati: Koreyaliklar doim kuchli intizom va shiddatli o‘yin bilan ajralib turadi.

Chexiya (10 ta ishtirok)
Chexiya terma jamoasi 20 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta sahnaga qaytmoqda!
Eng yaxshi natijasi: Ikki karra Jahon vitse-chempioni (1934 va 1962 yillarda Chexoslovakiya sifatida).
Natija: Jamoa oxirgi marta 2006 yilda JChda qatnashgan edi.

Janubiy Afrika (4 ta ishtirok)
Afrika qit’asining «Bafana-Bafana»si 2010 yildgi mezbonlikdan so‘ng ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi.
Holati: Afrikaliklarning qaytishi turnirga o‘zgacha rang bag‘ishlashi shubhasiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Fikrlar