“Manchester Yunayted” hujumchisini qattiq tanqid qilishdi

  • 4 avgust, 2024, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq to‘purari Duayt York hozirgi tarkib hujumchisi Rasmus Xyoylunning samaradorligini tanqid qildi.

Rasmus har mavsum 20 ta gol uradigan hujumchiga aylana olmaydi. Bunaqa ko‘rsatkichlarga hech qachon erisha olmaydi, deb o‘ylayman. Chunki buning uchun Xyoylunnda hujumchilarga xos bo‘lgan muhim sifatlar etishmaydi, - dedi Duayt York.

Manchesterliklar daniyalik hujumchini o‘tgan yozda “Atalanta”dan 73,9 million evroga transfer qilgan edi.  Premer-ligadagi debyut mavsumida 21 yoshli hujumchi 30 ta uchrashuvda o‘nta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Bungacha Italiya, Avstriya, Daniya chempionatlarida o‘ynagan iqtidorli hujumchining bir mavsum davomida urgan gollari hech qachon 20 taga bormagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!