
Mbappe PSJning 3000-golini kiritdi
Mbappe "Brest"ga qarshi bahsda PSJning Frantsiya chempionatidagi 3000-goliga mualliflik qildi.
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining Fransiya oliy divizionidagi 3000-golini urdi. Bu haqda "Opta" futbol statistikasi portali xabar bermoqda.
Parij grandi 3000 ta gol marrasini zabt etgan 12-frantsuz klubiga aylandi. Buning uchun parijliklarga 1858 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Bundan tashqari kecha Liga 1 gigantining yana bir hujumchisi Lionel Messi klub karerasidagi 300-golli pasini bergandi. Aynan Leoning uzatmasidan so‘ng Mbappe bu natijani qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe "Brest" ga qarshi mehmondagi uchrashuv doirasida parijliklarning hal qiluvchi golini kiritdi, o‘yin 2:1 taqdirin hal qildi.
Fikrlar