
Pochettino Gvardiola ishonmagan futbolchini yulduz qiladi
PSJ rahbariyati “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendini transfer qilish borasida bosh qotirmoqda.
Frantsiyalik futbolchi “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani o‘z mahoratiga ishontira olmadi va asosiy tarkibda kirishga qiynalmoqda. Avvaliga jarohat olib, keyin formasini yo‘qotgan Mendi Gvardiolaning sxemasiga to‘g‘ri kelmay qoldi.
“Manchester Siti” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma tuzgan himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi. PSJ bu futbolchi uchun 20 million evro to‘lashga tayyorligini bildirdi.
Fikrlar