“Tottenxem” sobiq ustozi “KPR”da ish boshlashi mumkin
“Tottenxem” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tim Shervud yana murabbiylikga qaytishi kutilmoqda.
Evening Standart nashri xabariga ko‘ra, Shervud “Kuinz Park Reynjers” klubi bilan muzokara olib bormoqda. Yaqinda “KPR” Stiv Maklarenni iste’foga chiqargan edi. Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida esa aynan Shervud ko‘rsatilmoqda.
Tim Shervud 2015 yilda “Aston Villa”da ishlagan va shundan buyon ishsiz yurgan edi.

Fikrlar