
1:1! Jo‘rabek Karimov kuchli raqibga qarshi o‘yinda iroda ko‘rsatdi
Ilk to‘qnashuvda Denis Istomin Daniel Evansga 6:7, 6:4 6:0 4:6 5:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Jo‘rabek Karimov va Kemeron Norrilar o‘zaro hisob-kitob qilishdi.
3 soat 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 70-o‘rinda borayotgan britaniyalik raketka ustasi 20 yoshli tennischimizga 6:0, 7:5, 6:7, 2:6, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Karimov dastlabki ikki setni boy berib, uchinchi setda ham bir necha marta match bollarni bartaraf etishga erishdi va iroda namoyish etib, kuchli raqibi ustidan g‘alabaga erishdi. Buyuk Britaniya - O‘zbekiston 1:1!
Bugun esa juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar