16 yoshli futbolchi "Everton" rekordini yangiladi

  • 25 yanvar, 2021, 12:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" himoyachisi Terri Smoll Angliya Kubogi to‘rtinchi bosqichida "Sheffild Uensdey" (3:0) bilan bahsda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Kecha oqshomda 16 yosh va 176 kunli bo‘lgan angliyalik futbolchi mersisaydliklar safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Shu tariqa, Smoll 2008-yilda hujumchi Jozi Bakster o‘rnatgan rekordni yangiladi. O‘shanda 28 yoshli forvard "Blekbern"ga qarshi (16 yosh va 191 kun) o‘yinda "Everton"ning eng yosh futbolchisiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!