
20 yoshli frantsuz uchun "Real", MYu va "Tottenxem" kurash olib bormoqda
“Lill” klubi yarim himoyachisi Bubakari Sumare Evropa grandlarining diqqat e’tiboriga tushib qoldi. Bu haqda La Voix du Nord nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli frantsuz uchun «Real», «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Napoli» hamda «Valensiya» klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Bubakarining transfer narxi 50-60 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Sumare “Lill” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar