
2019 va 2020 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishi mumkin
FIFA kengashida 2019 va 2020 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini Qatar davlatiga berish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Associated Press nashri xabar tarqatmoqda.
Ushbu ikki turnir orqali mamlakatning 2022 yilgi mundialga tayyorligi ko‘zdan kechiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangi formatda o‘tkaziladi. U 4 yilda bir marta 24ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Hozir esa musobaqada 7ta klub ishtirok etmoqda.
Fikrlar