
21 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun 85 mln evro taklif qilishmoqda
Frantsiyaning “Lill” klubi forvardi Viktor Osimxen yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.
Telefoot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Lill”ga 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 85 million evrolik taklif kelib tushgan. Hozircha buncha pul taklif qilgan jamoa nomi oshkor etilmayapti.
Ammo, bundan avvalroq Osimxenga «Real», «Chelsi» va «Inter» klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Osimxen joriy mavsum Frantsiya chempionatida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar