
3 noyabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kimlar jang qiladi?
31 oktyabrdan Toshkent shahrida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start olgan edi. Bugunga kelib, bir qator janglar o‘tkazilib, asta-sekin kuchlilar saralanib bormoqda. Ayniqsa, bu galgi chempionatda bir qator ko‘zga ko‘ringan bokschilarimiz, ya’ni jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari, yoshlar o‘rtasida qit’a birinchiligida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iste’dodlarning ishtiroki turnirga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, bugun, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bobousmon Boturov kabi mashhur bokschilarimiz ham musobaqada o‘z yurishini boshlab, dastlabki g‘alabalarini qo‘lga kiritdilar.
Ertaga bizni yanada qiziq va shiddatli janglar kutib turibdi. Chunki, juda kuchli va taniqli charmqo‘lqop ustalari o‘z janglarini o‘tkazadi. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.
49 kg:
Nodirjon Mirzaahmedov - Osiyo chempioni.
Umarqul Ermatov - amaldagi O‘zbekiston chempioni.
52 kg:
Mironshoh Ibragimov - xalqaro turnirlar g‘olibi, "Islom birdamlik o‘yinlari" sovrindori.
Shahobiddin Zoirov - jahon va Olimpiada chempioni.
Fozil Abdumurodov -amaldagi O‘zbekiston chempioni.
Abrorjon Qodirov -xalqaro turnirlar g‘olibi.
60 kg:
Shunqor Abdurasulov - Osiyo o‘yinlari sovrindori, xalqaro turnirlar g‘olibi.
Abdumalik Halakov - yoshlar o‘rtasida Osiyo, jahon va Olimpiada chempioni, amaldagi O‘zbekiston chempioni.
Shukurjon Rahimov - Osiyo chempionati sovrindori, professional bokschi.
Aliyor Noraliev - xalqaro turnirlar g‘olibi.
63 kg:
Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev - xalqaro turnirlar g‘olibi, Zolotaryov turniri sovrindori.
Mujibillo Tursunov - Zolotaryov turniri g‘olibi, O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori.
Sulaymon Latipov - yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, O‘zbekiston chempionati sovrindori.
75 kg:
Fanat Qahramonov - jahon chempionati ishtirokchisi, O‘zbekiston chempioni va sovrindori.
Odiljon Aslonov - ikki karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi, professional bokschi.
Akmalbek Qosimov - yoshlar o‘rtasida jahon chempioni.
Saidjamshid Ja’farov - O‘zbekiston chempionati sovrindori, Zolotaryov turniri g‘olibi.
Shu bilan birga yosh va iqtidorli bokschilar, Osiyo chempionlari va xalqaro turnirlar g‘oliblari Login Petrov, Nurislom Ismoilov, Shahzod Muzaffarov, Aydos Taganboev ham ringga ko‘tariladi.
Fikrlar