35 yoshli Navas Qatardagi mundialda qatnashmoqchi

  • 27 iyul, 2021, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Sevilya" yarim himoyachisi Xesus Navas kelasi yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashishni maqsad qilgani haqida gapirdi.

“Men hech qachon faoliyatimni "Sevilya"dan boshqa jamoada davom ettirish haqida o‘ylamaganman. Bu men uchun eng yaxshi jamoa. Ishonchim komilki, men bu erda o‘z o‘yinlarimni davom ettiraman.

Faoliyatimni qachon tugataman, buni bilmayman. Ehtimol, 40 yoshda. Balki undan ham keyinroq. Imkoniyat bo‘lsa har kuni futbol o‘ynardim.

Evro-2020ga bormasligimni bilish juda alamli edi. Endi maqsadim kelasi yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashish. Agar men klubda yaxshi o‘ynasam, bu imkoniyatimni qo‘lga kiritaman”, - dedi Navas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!