4:0, 4:1 o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabalar

  • 5 may, 2021, 13:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 7-turida «Mash’al» jamoasi «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushadi. Muborakliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.  

Tecno

Uchrashuv rasmiylari

Bugun Muborakda bo‘lib o‘tadigan "Mash’al" – “Lokomotiv” bahsini Rustam Lutfullin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Aleksandr Burov yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida To‘rabek Suyunov ishlaydi. Hakamlar ishini Timur Abdullaev nazorat qiladi. Komissar Shohruh Said.

O‘zaro o‘yinlar

Jamoalar chempionat bahslarida 26 bellashuvda to‘qnash kelishgan. Ularning 13 tasida "Lokomotiv", 10tasida "Mash’al" yutuqqa erishgan. 3 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 28 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, "Loko" esa 33 ta gol urgan.

“Mash’al” Oliy ligada “Lokomotiv” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘zaro o‘yinlardagi voha klubining eng yirik g‘alabasidir. “Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi esa 4:0 bo‘lib turibdi.

Boshlanish vaqti

“Mash’al” – “Lokomotiv” uchrashuvi 5 may chorshanba kuni soat 17:00da boshlanadi. O‘yin "Dunyo bo‘ylab" telekanali olqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!