
40 yoshli Buffon Ferrarini ortda qoldirdi
Italiya chempionati 37-turida “Yuventus” jamoasi safarda “Roma” bilan bahs olib borib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Mazkur uchrashuvdan keyin turinliklar Italiya chempionati tugashiga 1 tur qolganida mamlakat chempionligini rasmiylashtirdi.
“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatida 9-marta Italiya chempioniga aylandi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi. Jiji Virjinio Rozetta, Jovanni Ferrari va Juzeppe Furino kabi 8 karra Italiya chempionlarini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Buffon “Yuventus” safida jami 656 o‘yin o‘tkazib, shulardan 301 tasida gol o‘tkazmaslik uddasidan chiqqan.
Fikrlar