5 nafar bokschimiz Grozniyda oltin medal uchun jang qiladi

  • 18 avgust, 2022, 13:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Chechenistonda boks bo‘yicha Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Kecha musobaqa yarim finali doirasida besh nafar bokschimiz jang o‘tkazdi va ularning barchasi g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. Bugun soat 19:00dan boshlab bokschilarimiz musobaqa oltin medali uchun ringga ko‘tariladilar:

Tecno

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Magomed Shamsaev(Checheniston)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Magomed Alimsultanov (Checheniston)

-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Muhammad Vaxaev (Checheniston)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Nashxo Cherxeyko (Checheniston)

-86 kg: Shohjahon Abdullaev - Said-Emi Musaev(Checheniston)

Bokschilarimiz janglarining ketma-ketligi bugungi dastur bo‘yicha aynan shunday tartibda ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!