
50-60 mln evroga baholanayotgan futbolchiga "Real", MYu, "Tottenxem" va yana bir qator klublar qiziqmoqda
"Lill" yarim himoyachisi Bubakar Sumare Evropaning bir qator klublarini e’tiborini o‘ziga tortdi.
20 yoshli futbolchining transferi huquqini sotib olish uchun taxminan 6-8 ta klublar frantsuzlar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Shartnomasi 2,5 yildan keyin yakuniga etadigan futbolchining transfer narhi 50-60 mln evroga baholanmoqda.
Sumarega qiziqayotgan klublar orasida "Real", MYu, "Tottenxem", "Napoli" va "Valensiya" klublari borligi ma’lum bo‘ldi.
Yosh futbolchi "Lill" tarkibida 2017 yildan buyon to‘p suradi. Liga 1 ning joriy mavsumida, Sumare 16 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Fikrlar