
59 yoshli aktyor Emelyanenkoni jangga chorladi
Rossiyalik aktyor va bastakor Nikita Jigurda MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenkoni jangga chorladi.
Avvalroq Emelyanenko, Jigurdaning 56 yoshli teleboshlovchi Vladimir Solovyovni jangga chaqirganligiga salbiy munosabat bildirgan edi.
Bunga javoban 59 yoshli Jigurda, Solovyov bilan jang o‘tkazish istagi PR yoki yolg‘on kelishuv emasligini, o‘z so‘zlariga javob bera olishini va bu chorlovdan voz kechmasligini aytgan. Shuningdek, u Emelyanenkoning munosabatiga ham keskin fikrlar bildirib, uni boks bo‘yicha bahslashishga chaqirish barobarida bildirgan haqoratli so‘zlariga javob berishini aytgan. U bu borada o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirgan.
Fikrlar