Professional bokschimiz Xurshidbek Normatov ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 12.11.2016 15:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha, 11 noyabr kuni Filadelfiyada (AQSh) yirik professional boks kechasida hamyurtimiz Xurshid Normatov (2-0-0, 1 KO) o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi. Mazkur boks kechasida jami 10 jang o‘tkazildi.

Tecno

24 yoshli andijonlik bokschi 6 raundlik jangda 35 yoshli amerikalik Lenvud Doyzerga (10−13−2, 5 KO) ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Normatov Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15 ta jang uchun uch yillik shartnoma imzolagan. 25 iyun kuni debyut jangini Romon Barberga (6−11−0, 5 KO) qarshi o‘tkazib, zafar quchgan edi. 23 sentyabr kuni esa Tomas Bernardni (5−4−0, 3 KO) nokaut uchratib, ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!