7 ta gol urilgan o‘yinda “Manchester Siti”ni er tishlatishdi

  • 24 iyul, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” AQShda Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi.

Gollarga boy bo‘lgan bahsda shotlandiyaliklar Xosep Gvardiola shogirdlarini uyaltirib qo‘ydi – 4:3.

O‘tgan mavsum Shotlandiya yuqori divizonida g‘olib chiqib, jami 54-marotaba chempionlik unvonini nishonlagan “Seltik” gollaridan ikkitasini Nikolas-Gerrit Kyun, qolganlarini Kyogo Furuxasi va Luis Palma urdi.

“Manchester Siti” vakillaridan Oskar Bobb, Maksimo Perrone hamda Premer-ligasning so‘nggi ikki mavsumdagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

“Shaharliklar” AQShdagi keyingi uchrashuvini Italiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Milan”ga qarshi o‘tkazadi.

“Seltik” futbolchilari esa, bu gal “Chelsi” vakillariga qarshi saf tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!