
"8 dekabr - konstitutsiya kuni"ga bag‘ishlab o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan “8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayramiga bag‘ishlab, Namangan avtomobil maktabiga qarashli “O‘q otish tiri”da musobaqa tashkil qilindi.
Yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligi 4-bosqich musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada jami 145 nafar sportchilar qatnashib, shulardan 77 nafari o‘g‘il bolalar, 68 nafari qiz bolalardan iborat.
Ular 10 yosh va undan kattalarni tashkil qiladi. Musobaqaning yakuniy natijalariga kura, 1-o‘rinni Namangan avtomobil maktabi jamoasi, 2-o‘rinni viloyat texnik va amaliy turlari markazi jamoasi va 3-o‘rinni Kosonsoy tuman jamoasi egalladi.
G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.
Fikrlar