“Barselona” Rakitichga yangi shartnoma taklif qiladi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” 28 yoshli futbolchiga 2021 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli kelishuv taklif qilmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma esa 2019 yili yakuniga etar edi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” avvalroq Neymar, Serxio Buskets va Xaver Maskerano bilan kelishuvlarni uzaytirgan edi.



Fikrlar