A Seriya jamoasi 40 yoshli Tottiga shartnoma taklif qildi

  • 25 may, 2017, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi klublaridan biri “Roma”ning 40 yoshli sardori Franchesko Tottiga bir yillik shartnoma taklif qildi. Ammo, bu aynan qaysi klub ekanligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Rim shahri jamoasi “qariya” futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Tottining “bo‘rilar” bilan amaldagi kelishuvi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agent maqomidagi futbolchiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Totti shu kungacha bo‘lgan futbolchilik faoliyatini “Roma” safida o‘tkazgan. U 1992 yildan buyon rimliklar safida to‘p surib kelmoqda.

Tottini Turkiyada kutishmoqda>>>

Italyan "mafiya"si Tottini "Mayami"ga chorlamoqda>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!