APL. “Bornmut” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya chempionati 7-tur so‘nggi bellashuvida “Bornmut” o‘z maydonida “Kristal Pelas” futbolchilarini qabul qildi.
Murosasiz kechgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani rasmiylashtirishdi. G‘oliblar safida Bruks va Stanislas gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, van Anxolt bitta gol bilan javob qaytardi.
Bornmut – Kristal Pelas 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Bruks, 1:1 – 55 van Anxolt, 2:1 – 87, penalti Stanislas.
Bornmut – Begovich, Frensis, Kuk, Ake, Smit, Bruks (Gosling, 58), Lerma, Kuk, Freyzer, King (Stanislas, 84), Uilson.
Kristal Pelas – Xennessi, Uan-Bissaka, Tomkins, Sako, van Anxolt, Mayer (Kuyate, 84), Milivoevich, Makartur (Shlupp, 77), Taunsend, Ayyu (Serlot, 82), Zaa.
Ogohlantirishlar: Bruks (29), Taunsend (76), Sako (86), Lerma (90), Kuyate (90), Tomkins (90), Freyzer (90).

Fikrlar