APL. “Chelsi” “Byornli”dan ustun keldi, “Lester” esa…

  • 20 aprel, 2018, 01:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Angliya Premer-ligasi 31-tur qoldirilgan o‘yini  va 35-turdan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi. Londonning “Chelsi” klubi bu safar “Byornli” maydoniga safar uyushtirib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va “Tottenxem” bilan oradagi farqni 5 ochkoga qadar qisqartirishga erishdi.

Tecno

“Lester” esa “Sautgempton” bilan murosa ko‘chasini tanladi – 0:0.

Angliya Premer-ligasi. 31-tur

Byornli – Chelsi 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 20, avtogol Long, 1:1 – 64 Barns, 1:2 – 69 Mozes.

Byornli – Poup, Long, Uord, Louton, Tarkovski, Lennon (Uells, 87), Kork, Vestvud, Gudmundsson, Barns, Vud (Vouks, 72).

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Kante, Bakayoko, Pedro, Emerson (Dzappakosta, 84), Morata (Azar, 71), Jiru.

Ogohlantirishlar: Tarkovski (28).


Angliya Premer-ligasi. 35-tur

Lester – Sautgempton 0:0 (0:0, 0:0)

Lester – Xeymer, Dragovich, Maguayr, Chiluell, Adrien Silva (Barns, 90), Grey (Chouduri, 90), Ndidi, Olbrayton, Marez, Vardi, Ixeanacho (Diabate, 76).

Sautgempton – Makkarti, Yosida, Xudt, Bertran, Bednarek, Uord-Prouz (Devis, 58), Romeu, Tadich, Xeyberg (Redmond, 88), Soaresh, Long (Ostin, 73).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!