APL braziliyaliklar uchun emasmi?

  • 18 aprel, 2017, 13:46
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Braziliyalik futbolchilarni butun dunyoda uchratishimiz mumkin. Ular qaysi jamoada to‘p surishmasin, o‘zlarining yuksak iqtidori va texnikasi bilan qolganlardan ajralib turadi. Biroq APLda aksariyat braziliyalik futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata olishmaydi. Yo‘qsa, APLda eng ko‘p gol kiritgan braziliyalik futbolchi bor-yo‘g‘i 30 ta gol kiritganini nima bilan izohlash mumkin? Quyida esa biz aynan APLda eng ko‘p to‘p kiritgan braziliyalik futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz.

>>Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar

>>Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!

>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)

8-10. Robino – 14 ta gol

2008 yil 42 mln evro evaziga “Real”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik futbolchi Angliyada ikki mavsum to‘p surdi. Dastlabki yili “shaharliklar” safida jami 41 o‘yinda ishtirok etgan Robino raqiblar darvozasini 15 bor ishg‘ol etadi. Shulardan 14 tasi APL o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi mavsumda esa braziliyalik futbolchi jarohat sabab chetda qolib ketdi va APLda ham mavsum yakunida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa ham boshqa to‘p kirita olmadi.

8-10. Elano – 14 ta

Elano ham “Manchester Siti”da to‘p surgan va u Robinodan avval kelib, undan oldin ketgan. 2007 yil “Shaxtyor”dan 8 mln funtga harid qilingan Elano “shaharliklar” safida ikki mavsum to‘p suradi. APLda dastlabki mavsum 8 ta, keyingi mavsum esa 6 ta gol kiritishning uddasidan chiqadi.

8-10. Jeovanni – 14 ta

Eng qizig‘i Jeovanni ham “Manchester Siti”da to‘p surgan. 2007 yilda Manchesterga ko‘chib o‘tgan Jeovanni “shaharliklar” safida APLda 3 ta to‘p kiritadi xolos. Qolgan 11 golni esa u “Xall Siti”da o‘ynab yurgan kezlari kiritgan.

>>Aduris TOP-9 likda yoxud “Atletik” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

5-7. Villian – 17 ta

Villian esa 2013 yildan buyon “Chelsi” safida to‘p surib kelmoqda va bu davr oralig‘ida APLda 121 bahsda maydonga tushgan xolda raqiblar darvozasini 17 bor ishg‘ol etgan. Umuman Villian asosan jarima zarbalaridan gol kiritadi. Biroq braziliyalik futbolchiga Antonio Konte ko‘p ham imkoniyat berayotgani yo‘q.

5-7. Ramires – 17 ta

“Chelsi” klubi sobiq yarim himoyachisi “aristokratlar” safida salkam 7 yil to‘p surdi. Bu vaqt davomida esa Ramires APLda 160 ta bahsda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol etdi va bir bor APLda g‘olib bo‘ldi.

>>EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar

5-7. Jilberto Silva – 17

2002 yil 4,5 mln funt evaziga “Arsenal” klubi safiga kelib qo‘shilgan Jilberto Silva asosan himoyada to‘p surgan bo‘lsada, APLda 17 bor o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ygan. Buncha to‘p kiritish uchun Silvaga 170 ta o‘yin kerak bo‘ladi.

3-4. Oskar – 21  ta

Odil Axmedovning jamoadoshi “Chelsi”da o‘ynab yurgan kezlari APLda 21 bor to‘p kiritgan. Buncha to‘pni u salkam 6 yil davomida kiritgan va APLda 131 bahs o‘tkazgan.

3-4. Roberto Firmino – 21 ta

2015 yil “Xoffenxaym”dan 29 mln funtga sotib olingan Firmino “Liverpul”ning hujum chizig‘ida asosiy rolni bajarib kelmoqda. Braziliyalik 25 yoshli vinger “qizillar” safida APLda 62 ta bahsda maydonga tushishga ulgurdi va raqiblar darvozasini 21 bor ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi. Bu Firmino o‘rtacha har 3 o‘yinda to‘p kiritadi deganidir.

2. Junino Paulista – 29

Yo‘q. Bu mashxur jarima zarbalari ustasi Junino Pernambukano emas. Aksincha, uning hamyurti Junino Paulistadir. Ko‘pchilikka bu futbolchi tanish emas. Ammo ingliz futbolini anchadan buyon kuzatib keladiganlar uni “Midlsbro”da to‘p surganligini eslab bo‘lishdi. Paulista APLda 125 ta bahsda 29 bor gol kiritishni uddalagan. Albatta, autsayder jamoa safida to‘p suradigan futbolchi bu uchun bu ulkan natija desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

>>“Lion” – “Beshiktosh” o‘yiniga oid faktlar

1. Filipe Koutino – 30

2013 yil 8,5 mln funt evaziga “Liverpul”ga keladi. Shundan buyon braziliyalik futbolchining “qizillar” safida o‘yinlari yil sayin mukammallashib, kiritgan gollari soni ham oshib bormoqda. Hozircha endigina 24 ga kirgan Koutino hisobida 29 ta gol mavjud va u APLda eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchi bo‘lib turibdi.

Izoh: Statistika 18.04.2017 holatiga

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!