Akbar To‘raev milliy chempionatimiz saviyasi borasida qanday fikrda?

  • 28 avgust, 2018, 15:33
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jamoalar endilikda 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalikPEPSI Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o‘z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o‘tkazishadi.

Namanganning “Navbahor” jamoasi mavsumni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Jamoa ikkinchi bosqichni chempionlik uchun kurash yo‘lida peshqadam sifatida boshlaydi. “Lochinlar” jamoasi darvozaboni Akbar To‘raev ikkinchi bosqich oldidan PFL rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Joriy yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli va shiddatli kechyapti. Har bitta uchrashuvda ochko olish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri kelyapti. Jamoamiz mavsumni ancha yaxshi o‘tkazyapti. Lekin g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmayapti.

Mana chempionatimizning hal qiluvchi pallasiga ham etib keldik. Jamoalar endi 2 ta guruhga saralandi. Chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalar joy olgan guruhda “Navbahor” peshqadam bo‘lib turibdi. Demak, biz jamoamiz oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifani uddalay oldik. Endi bir yoqadan bosh chiqargan holda ko‘zlangan maqsad sari dadil ildamlashimiz lozim bo‘ladi. Zero jamoamiz oldida yana bir muhim maqsad – har bir uchrashuvda maksimal darajada ochko olish va yakunda chempionlikka erishish vazifasi turibdi, - dedi mahoratli darvozabon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!