
Alkantara "Betis"ga o‘tmoqda
Sport xabariga ko‘ra, andalusiyaliklar braziliyalik futbolchini 1,5 mln evro evaziga bir yilga ijaraga oladi. "Betis" mavsum so‘nggida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, jamoa yana 0,5 mln evroni kataloniyaliklar hisob raqamiga o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi.
Kelgusi yil esa Rafinyani 25 mln evroga sotib olish huquqi ham Sevilya shahri sharafini himoya qiluvchi klubda mavjuddir.
Fikrlar