“Amkar” Eto’Oga 36-raqamni topshirdi (foto)
Rossiya premer-ligasida ishtirok etuvchi Permning “Amkar” klubi bosh murabbiyi Gaji Gajiev jamoasining Turkiyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida o‘zining “Anji”dagi sobiq shogirdi Samuel Eto’O bilan uchrashdi.
Permliklar kamerunlik futbolchiga o‘zining ismi yozilgan jamoaning 36-raqamdagi formasini sovg‘a qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli forvard ayni damda Turkiyanin “Antalyaspor” jamoasida to‘p surmoqda.

Fikrlar