Ana xolos! Jardim yana "Monako"ga qaytadigan bo‘ldi
Kecha Terri Anrini ishdan bo‘shatgan "Monako" o‘zining sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardim bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli portugaliyalik mutaxassis “Monako”dan o‘tgan yilning oktyabrida iste’foga chiqarilgan edi. Jardim 4 yillik faoliyatidan so‘ng o‘tgan yilning oktyabrida iste’foga chiqarilgan edi. Uning boshqaruvida “Monako” Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bora olgan edi.
Ma’lumot uchun, "Monako" Frantsiya chempionatining ortda qolgan 21ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar