Ana xolos! Joshua raqib tanlashda muxlislardan yordam so‘ramoqda

  • 24 sentabr, 2018, 18:21
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasining WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua (22-0, 21 nokaut) o‘zining keyingi jangini kelasi yili 13 aprel kuni yana Uembli” stadionida o‘tkazadi.

Tecno

To‘g‘ri, hozircha uning bu jangdagi raqibi ma’lum emas, biroq britaniyalik bokschi muxlislardan kim bilan uchrashishni istashlarini va raqib tanlashda yordam berishlarini so‘ragan. Bunda uchta nomzod ko‘rsatilgan.

Bugunga qadar ushbu so‘rovnomada 465 000 dan ortiq ovoz qatnashgan. Ularning eng ko‘pi Deontey Uaylderga ovoz bergan bo‘lsa, Tayson Fyuri ikkinchi va Dilian Uayt uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!