Ana xolos! "Monako" rahbariyati Jardimni jamoaga qaytarmoqchi
Xabaringiz bor bundan avvalroq Terri Anri "Monako" klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Hozircha esa jamoani vaqtincha Frank Passi shug‘ullantirib turadi.
E’tiborlisi, monakoliklar rahbariyati bo‘shab qolgan lavozimga jamoaning Anridan avvalgi ustozi Leonardu Jardimni olib kelishni rejalashtirishmoqda. Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra aynan 44 yoshli portugaliyalik mutaxassis yana “Monako” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jardim 4 yillik faoliyatidan so‘ng o‘tgan yilning oktyabrida iste’foga chiqarilgan edi. Uning boshqaruvida “Monako” Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bora olgan edi.
Ma’lumot uchun, "Monako" Frantsiya chempionatining ortda qolgan 21ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar