Ana xolos! Myuller "Liverpul"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

  • 04.02.2019 21:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bundan avvalroq UEFA tartib-intizom qo‘mitasi "Bavariya" forvardi Tomas Myullerni "Ayaks"ga qarshi o‘yinda ishlatgan qo‘polligi uchun uni 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan edi. Shu bois 29 yoshli germaniyalik futbolchi EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ammo, keyinchalik myunxenliklar rahbariyati UEFAning qarori yuzasidan apellyatsiya berishdi. Ular hech bo‘lmaganda diskvalifikatsiya muddatini bitta o‘yinga qisqartirishni ko‘zlashayotgan edi. Biroq, ularning apellyatsiyasi tashkilot tomonidan rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Bavariya” qarama-qarshiligi dastlab 19 fevral kuni “Enfild”da, javob bahsi esa 13 mart kuni “Alyants Arena”da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!