
Anchelotti "Napoli"ga Batshuayini olib kelmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi forvardi Mishi Batshuayi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli belgiyalik futbolchiga “Napoli” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aniqrog‘i, neapolliklarning yangi ustozi Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi Batshuayini jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, “Chelsi”ning hujum chizig‘idagi kuchli raqobat sabab o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Borussiya” Dortmundda ijara asosida o‘tkazgan Batshuayi Bundesligada jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar