Andre Ayyu mavsumni Turkiyada boshlaydigan bo‘ldi

  • 26.07.2018 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Suonsi” klubi yarim himoyachisi Andre Ayyu faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Uels klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Fenerbaxche” 29 yoshli ganalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ayyu “Suonsi” safiga o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Vest Xem”dan ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, uning yangi jamoasi mavsum oxirida APLni tark etdi va Chempionshipga ravona bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!