Andrey Kanchelskis: Hozirgi MYuda etakchi yo‘q

  • 23 fevral, 2019, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi, ayni damda esa Namanganning “Navbahor” klubida faolib olib borayotgan Andrey Kanchelskis “qizil iblislar” xavbeki Pol Pogba haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Pogba jiddiy raqiblarga qarshi o‘yinlarda o‘zini qanchalik yaxshi ko‘rsatayotgani haqida hamma gapiryapti. Keling, buni “Liverpul”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ham ko‘ramiz. Bu katta o‘yin bo‘ladi.

U hozir etakchi hisoblanmaydi. Avval “qizil iblislar” safida Roy Kin, Stiv Bryus va Erik Kantona kabi futbolchilar bo‘lardi. Ana o‘shalar haqiqiy etakchi bo‘lishgan. Bugungi kunda jamoada bunday o‘yinchilar yo‘q”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsi ertaga, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!