Anvar Boynazarov “EM LEGEND” musobaqasining yarim finalida!

CHERY AUTO

Jahonning eng kuchli 32 nafar yakkakurashchisi ishtirok etadigan “EM LEGEND” musobaqasida hamyurtimiz Anvar Boynazarov o‘zining zafarli yurishini davom ettirmoqda.

Tecno

Kecha musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan qarama-qarshiligida sportchimiz kikboksing bo‘yicha 65 kg vazn toifasida tailandlik muay tay ustasi Narong bilan bellashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan to‘qnashuv yakunida ochkolar bo‘yicha Boynazarov g‘alaba qozondi va haqli ravishda musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

G‘alaba qozonish oson bo‘lmadi. Uzoq mashaqqatli mehnatlarim samarasi. O‘zimga bo‘lgan ishonch kuchli raqibni mag‘lub qilishimni ta’minladi. Jamoam "Tiger Muay Thai"ga va qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildirib, rahmat aytaman. Bu ularning ham g‘alabasi, – deydi Boynazarov.

 

Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov bundan oldingi jangini 10 iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida “TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazib, braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!