Argentina terma jamoasi sobiq murabbiyi: Messi Ispaniya terma jamoasini tanlamaganidan afsusdaman
Argentina terma jamoasi sobiy fitnes-murabbiyi Fernando Sinorini “Barselona” forvardi Lionel Messining o‘z vaqtida Ispaniya terma jamoasida o‘ynash taklifini qabul qilmaganidan afsusda ekanini aytdi.
“Messi Ispaniya terma jamoasini tanlamaganidan afsusdaman. U uerda allaqachon jahon chempioni bo‘lishi mumkin edi. Lekin boshqa tomondan uni vatan xoyini deb atashlari ham mumkin edi. O‘z vaqtida juda ko‘p imkoniyatlardan voz kechgan Messi endi shafqatsiz tanqidlarga uchramoqda”, - deydi Sinorini.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 128ta o‘yinda 65 marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar