Arina Afrikadan bosh sovrin bilan qaytmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Tunisda tashkil etilgan ayollar o‘rtasidagi halqaro turnirning juftlik bellashuvlarida O‘zbekiston tennischisi Arina Folts bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

 

Juftlik bellashuvlarida sloveniyalik Nina Potochnik bilan hamkorlikda o‘ynagan hamyurtimiz final uchrashuvida Frantsiya vakillari - Valentina Baxer va Emma Lene bilan kuch sinashdi.

Bir soatdan oshiq davom etgan final bahsida frantsiyalik tennischilar raqibga etarli qarshilik ko‘rsatolmadi. Arina va Nina 6:4, 6:3 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega bo‘ldi.

Bu Arina Foltsning joriy mavsumdagi ilk sovrinidir.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!